"Real" Pogba evaziga Beylni bermoqchi

  • 2 iyun, 2019, 15:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi hamon "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbani sotib olish fikridan qaytmayapti.

Tecno

The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 26 yoshli frantsiyalik futbolchi evaziga mankuanliklarga ma’lum miqdorda pul va Garet Beylni bermoqchi. Agar uelslik futbolchi MYuni qiziqtirmasa, madridliklar uning evaziga Xames Rodriges yoki Keylor Navasdan birini berishga ham tayyor.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq agar “Real” Pogbani sotib ololmasa, e’tiborini Kristian Eriksen (“Tottenxem”) yoki Donni Van de Beklardan (“Ayaks”) birini sotib olishga qaratishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!