"Real" "Napoli" yulduzini qo‘lga kiritmoqchi

  • 30 iyul, 2022, 20:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid jamoasi "Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruisni sotib olmoqchi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi. 

Tecno

"Qirollik klubi" 2023 yilda ispaniyalik futbolchini tekinga qo‘lga kiritmoqchi. O‘sha vaqti Fabianning "Napoli" bilan shartnomasi yakuniga etadi. U erkin agent sifatida madridliklar safiga borib qo‘shilishi mumkin bo‘ladi. 

"Qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Karlo Anchelottining shaxsan o‘zi bu transferni istamoqda. Aynan u 2018 yilda Ruisni Neapolga olib kelgan edi. 

26 yoshli iste’dod sohibi o‘tgan mavsum A Seriyaning 32 o‘yinida 7 gol va 4 assist muallifiga aylangan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!