
“Real” muxlislariga xushxabar!
Frantsiyalik to‘purar Karim Benzema “Real” bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda taniqli jurnalist Fabritsio Romano xabar tarqatdi.
Manbaning ta’kidlashicha, tomonlar o‘zaro hamkorlikni bir yilga uzaytirib, 2024 yilning yozigacha davom ettiradigan bo‘ldi. Benzemaning amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha mo‘ljallangan edi.
Klub mutasaddilari bu yangilikni tez orada rasman e’lon qilishi kutilmoqda.
Karim 2009 yildan beri poytaxt klubida to‘p tepyapti. Kuni kecha 34 yoshli futbolchi o‘z faoliyati davomida ilk bor “Oltin to‘p” sovrini bilan taqdirlandi.
Benzema o‘tgan mavsumni juda yuqori darajada o‘tkazgan edi. U “Real” safida Ispaniya chempionati va Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi. Bundan tashqari, ushbu turnirlar to‘purariga ham aylandi.
Fikrlar