"Real" murabbiylari Modrichni terma jamoaga qo‘yib yuborishni xohlashmayapti

  • 25 sentabr, 2019, 18:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” Madrid klubi murabbiylar shtabi yarim himoyachi Luka Modrichni oktyabr oyidagi Evro-2020 saralash bahlarida Xorvatiya terma jamoasida o‘ynamasligini xohlamoqda.

Tecno

Marca nashrining xabar berishicha ular 34 yoshli futbolchining yana terma jamoa safida jarohat olishidan xavfsirashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Modrich mushaklaridan olgan jarohati sabab 2 hafta maydonga tusha olmadi. Bu esa “Real”ning yarim himoyasida jiddiy muammolarga sabab bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Xorvatiya terma jamoasi oktyabr oyida Vengriya va Uels terma jamoalariga qarshi o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
25/09/2019 19:43
Sport uz. hodimlari. chetilni yangiliklari nima kerak. ertaga yil uyinni shu haqiga habar beringla. kim qanday formaga uynaydi. tayorgarli qanday ketapti. uyinchila. kayfiyati. kim qanday sastayanaga etib keldi. shu haqiga malumot beringla. iloji bulsa. murabbiylardan. matbuot utkazingla. jurnalistla. fikri qanday fenal oldidan fenal. tasurotlari qanday.