"Real" Modrich o‘rniga 3 ta futbolchi nomzodini ko‘rib chiqmoqda

  • 21 mart, 2020, 00:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi 34 yoshli yarim himoyachi Luka Modrichga munosib o‘rinbosar qidirishni boshlab yubordi.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” bu borada Kay Xavertts ("Bayer"), Fabian Ruis ("Napoli") va Pol Pogba ("Manchester Yunayted") kabi futbolchilar nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Modrichning “Real” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va shu bois madridliklar unga istagan jamoasi bilan muzokara o‘tkazishga ruhsat berishgan.

Luka Modrich “Real” safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 30 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!