
“Real” Mbappeni tanishtirish uchun PSJdan ruxsat olishi kerak
“Marca” nashrining xabar berishicha, "Real Madrid" Kilian Mbappeni "Evro-2024" boshlanishidan oldin tanishtirish ustida ishlamoqda.
25 yoshli frantsuzning PSJ bilan shartnomasi 31 iyunda tugashi sababli “qaymoqranglilar” Parij klubi ruxsati bilan super yulduzni “Santyago Bernabeu”da 3-9 iyun oralig‘ida tanishtiruv marosimini o‘tkazmoqchi. Bilasiz, bir necha kun avval frantsuz yozda PSJni tark etishini ma’lum qilgandi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning tasdiqlashicha, Kilian allaqachon "Real" bilan shartnoma imzolab ulgurgan.
Eslatib o‘tamiz, Kilian PSJ safida 307 ta o‘yinda maydonga tushib, 256 marta marta darvoza to‘rini aniq nishonga olgan.
Fikrlar