
“Real” Mbappe va Xoland o‘rniga boshqa yulduzni oladi
“Real” yozgi transferlar vaqtida Kilian Mbappe va Erling Xolandni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Biroq, zamonaviy futbolning eng yorqin yulduzlari darajasiga etgan bu o‘yinchilarni olish madridliklarga oson bo‘lmaydi.
Shuni inobatga olgan “Qirollik klubi” mutasaddilari Mbappe va Xoland o‘rnini bosadigan o‘yinchi sifatida “Yuventus” vakili Federiko Kezani nishonga oldi.
Italiyalik hujumchi maosh borasida ham ancha qulay variant hisoblanadi. Mbappe va Xoland yiliga 50 million evro maosh olishni mo‘ljallamoqda. Keza bu borada ancha kamtar.
Qolaversa, madridliklar “Yuventus” vakili 70 million evroga transfer qilishi mumkin.
Fikrlar