“Real” Madridda “Valensiya”ga 47 marotaba gol urdi

CHERY AUTO

Basketbol bo‘yicha Evropa ligasi chempionatida 13-tur bahslari o‘tkazilmoqda.

Tecno

Unda Ispaniyaning “Real Madrid” va “Valensiya” jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Madrid shahrida o‘tgan ushbu o‘yinda “Real” azaliy raqibi ustidan qiyinchilik bilan 47:44 hisobida g‘alaba qozondi.

Turkiyada “Fenerbaxche” Serbiyaning “Tsrvena Zvezda” klubini 82:56 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, “Jalgiris” (Litva) va “Bamberg” (Germaniya) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 88:84 hisobida yakunlandi.

Gretsiyaning “Panatinaikos” jamoasi o‘z maydonida Isroilning “Makkabi FOX” klubidan 85:70 hisobida ustun keldi.

Chempionatda bugun “BK Ximki” (Rossiya)  –  “Anadolu Efes” (Turkiya) “Olimpiakos” (Gretsiya)  –  “TsSKA” (Rossiya), “EA7 Milan” (Italiya)  –  “Baskoniya” (Ispaniya), “Barselona” (Ispaniya)  –  “Unikaxa” (Ispaniya) jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!