
"Real Madrid" tajribali futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Madridning "Real" klubi Dani Karvaxal bilan shartnomani uzaytirmoqchi. "Marca" nashrining xabariga ko‘ra, Madrid klubi rahbariyati futbolchini u bilan shartnomani uzaytirish niyati haqida allaqachon xabardor qilgan. Klub ispaniyalikni dunyoning eng yaxshi o‘ng qanot himoyachilaridan biri deb biladi
.
Karvaxalning agenti tez orada bosh direktor Xose Anxel Sanches bilan uchrashishi kutilmoqda. Qayd etilishicha, 32 yoshli himoyachi bilan shartnoma uzaytirilishi "Real Madrid"ning yosh futbolchilarga nisbatan siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Karvaxalning "Real" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi
Fikrlar