"Real Madrid" futbolchilari Anchelottining kelajagidan havotirda

  • 24 oktabr, 2024, 10:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" futbolchilari Karlo Anchelotti ustidan bosim kuchayib borayotganidan xavotirda.

Kuni kecha madridliklar Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-turi doirasidagi Dortmundning "Borussiya" klubini mag‘lub etishdi(5:2).

"Marca" nashrining xabariga ko‘ra, o‘sha o‘yinning tanaffus vaqtida futbolchilar o‘yin va jamoaning so‘nggi paytlarda qayd etayotgan natijalarini muhokama qilishgan. Ularning suhbatida jamoa rahbariyati murabbiyni tushkunlikka solib qo‘yadigan ishlar qilmoqda degan so‘zlarni aytishgan.

Qayd etilishicha, futbolchilar Anchelotti va uning g‘oyalarini to‘liq qo‘llab-quvvatlab, murabbiyning "Real Madrid"dagi kelajagi haqida qayg‘urishmoqda. 

Barcha futbolchilar mazkur gap-so‘zlarni unutib, navbatdagi o‘yin - "el-klasiko" haqida fikr yuritmoqda. Ular murabbiy uchun ham azaliy raqiblariga qarshi bellashuvda ijobiy natija qayd etishlariga umid qilmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!