“Real” kutilmaganda Xolandga g‘alati taklif berdi

  • 27 fevral, 2022, 09:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati “Borussiya” hujumchisi Erling Xolandga g‘alati taklif bildirdi. Madridliklar norvegiyalik to‘purardan yana bir yil dortmundliklar safida o‘ynab turishni so‘rayapti. Bu haqda SER Deportivo nashri yozdi.

Tecno

“Qirollik klubi” yozda Kilian Mbappeni olib kelishni maqsad qilgan. Ularning nishonida Xoland ham bor. Biroq madridliklar ikkita supertransferni birdan amalga oshira olmaydi.

Evropaning qator klublari yozda Xolandni o‘z safiga qo‘shib olish uchun hozirdan kurashga kirishgan. O‘yinchining o‘zi Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tmoqchi. Yaqinda “Barselona” prezidenti Joan Laporta Xoland vakillari bilan uchrashgani haqida ham xabarlar tarqaldi.

Aslida Erling Xolandning o‘zi ham yakuniy qarorni qabul qilmagan. Unga Ispaniya grandlaridan tashqari “Manchester Siti”, “Chelsi”, PSJ va  “Bavariya” qiziqayotgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!