
"Real" Kuboni "Malorka"ga berdi
"Real" klubining yaponiyalik futbolchisi Takefuso Kubo mavsumni "Malorka" klubida o‘tkazadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 18 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va yaqin vaqt ichida "Malorka"ga ko‘chib o‘tadi.
Avvalroq, futbolchi ijara asosida "Valyadolid" jamoasiga o‘tishni istamagan edi. U Madridning "Kastilya" klubida faoliyatini davom ettirishni ma’qul ko‘rayotgandi.
Fikrlar