
Zidan barcha davrlarning eng zo‘r futbolchisi kimligini aytdi
Jahon futboli afsonasi darajasiga ko‘tarila olgan frantsiyalik futbol yulduzi Zinedin Zidan barcha davrlarning eng zo‘r charm to‘p ustasi sifatida kimni tan olishini aytdi.
- Agar futbol olamida barcha davrlarning eng zo‘r o‘yinchisining nomni aytish kerak bo‘lsa, men Braziliya terma jamoasida porlagan Ronaldoni tanlayman. U maydonda aqlboqar qilmas ishlarni uddalardi. Raqibini “hozir fint ishlataman”, deb ogohlantirib, o‘sha fint bilan aldab o‘tib ketardi, - dedi Zinedin Zidan.
Ronaldo futbolchilik davrida “Kruzeyro”, “PSV Eyndxoven”, “Barselona”, “Inter”, “Real Madrid”, “Milan” va “Korintians” jamoalari sharafini himoya qilgan.
Klubar miqyosida braziliyalik yulduz eng ko‘p uchrashuvni “Real”da o‘tkazgan. Madridliklar tarkibida 177 marta maydonga tushgan hujumchi raqiblar darvozasini 104 marotaba ishg‘ol qilgan.
Braziliya terma jamoasida jami 99 ta o‘yinda ishtirok etgan Ronaldo o‘z hisobiga 62 ta gol va 32 ta assist rasmiylashtirib qo‘ygan. Ekspertlar agar bu futbol afsungari og‘ir jarohatlarga yo‘liqmaganida statistikasi bundan ham yuqori bo‘lishini ko‘p ta’kidlab keladi.
Fikrlar