
O‘zbekiston yagonaligicha qoldi: Biz kutgan yana bir terma jamoa jahon chempionatiga chiqolmadi
O‘zbekiston 2026 yili AQSh, Kanada va Meksika birgalashib qabul qiladigan navbatdagi jahon chempionatida ishtirok etadigan Markaziy Osiyoning yagona milliy terma jamoasi bo‘lib qoladi.
O‘zbek futbolchilari Osiyo saralash turnirining uchinchi bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, o‘z guruhida Eron terma jamoasidan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi va tarixda ilk bor mundialga boradigan bo‘ldi.
Mamlakat futbol assotsiatsiyasi qaroriga ko‘ra, Srechko Katanets va Timur Kapadze jahon chempionatiga olib chiqqan O‘zbekiston milliy terma jamoasini ummonorti bo‘ladigan jahon futbolining eng nufuzli musobaqasiga italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro tayyorlaydigan bo‘ldi.
Futbolchilik davrida jahon chempioni bo‘lgan va “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan Kannavaro qo‘l ostida milliy jamoamiz ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, Kuvaytni 2:0 hisobida yutdi. Bo‘lajak mundial ishtirokchisi Urugvay bilan bahsda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Bu bahslar Fabio Kannavaro hali jamoa o‘yiniga italyancha “ruh” olib kirishga ulgurmaganini ko‘rsatib qo‘ydi va yangi bosh murabbiy keyingi yig‘inlar davomida bu ishni uddalashga harakat qilib ko‘radi.
Oktyabr oyidagi FIFA kunlarida o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari orasida qo‘shni mamlakat – Qozog‘iston milliy terma jamoasiga muxlislik qilayotganlar ham bor edi. Qozog‘istonliklar ham o‘z tarixida ilk bor jahon chempionatiga chiqish uchun kurashayotgan edi.
Bosh murabbiy Talgat Baysufinov shogirdlari Evropa mintaqasi saralash turniri “J” guruhidagi ettinchi turini safarda Shimoliy Makedoniyaga qarshi o‘tkazdi.
Guruh peshqadamlaridan biriga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda qozoqlar 1:1 hisobida durang o‘ynab, sensatsiya qayd etgan bo‘lsa-da, yo‘qotilgan ikki ochko amalda qo‘shnilarimizni jahon chempionatiga chiqish imkoniyatidan ayirdi.
Qozog‘istonlik saralash bosqichida Belgiya va Shimoliy Makedoniya etakchilik qilayotgan guruhda Lixtenshteynni ikki uchrashuvda 2:0 va 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq, Uelsga 1:3 va 0:1, Shimoliy Makedoniyaga birinchi uchrashuvda 0:1, Belgiyaga 0:6 hisobida yutqazib qo‘ydi. Shu bois, Shimoliy Makedoniya maydonidagi 1:1 hisobi orqali qo‘lga kiritilgan bir ochko jamoaga mundial yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirishiga kamlik qildi.
Endi Talgat Baysufinov shogirdlari saralash guruhidagi oxirgi uchrashuvni 15 noyabr kuni peshqadam jamoa – belgiyalik futbolchilarga qarshi o‘z maydonida o‘tkazadi.
Shu tariqa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida mundialda mintaqa sharafini himoya qiladigan yagona terma jamoa bo‘lib qoldi.
Ovora bo‘lma, baribir Husanovning o‘rnini ololmaysan!
O‘zbekiston yagonaligicha qoldi: Biz kutgan yana bir terma jamoa jahon chempionatiga chiqolmadiHusanov “Manchester Siti”da o‘zgarish yasadi
O‘zbekiston va Urugvay uchrashuvi hisobi oldindan aytildi
O‘zbekistonga qarshi saf tortadigan Urugvay nimasi bilan kuchli?
Husanov mashhur futbolchining mundialga yo‘lini to‘sib qo‘ydi
Fikrlar