"Abbos Fayzullaev o‘ynagani uchun bizda yaxshi o‘yinchilar ko‘pligini bilishadi" yoxud TsSKAda ishlayotgan o‘zbekistonlik murabbiy

  • 14 oktabr, 14:49
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyaning TsSKA klubida o‘zbekistonlik murabbiy ishlayotganidan xabaringiz bormi?

Tecno

Ayni paytda ushbu jamoaning o‘rinbosarlarida bizning hamyurtimiz Denis Korostichenko faoliyat olib bormoqda. U TsSKA yoshlar jamoasi murabbiylar shtabida ishlab kelmoqda.

Yaxshi bilasiz, bungacha u Superligamizda “Lokomotiv”, “Olimpik” kabi jamoalarni boshqargan.

Sports.uz jurnalisti Korostichenko bilan bog‘landi.

- Denis Vladimirovich, sizni TsSKA klubida ish boshlashingiz qanday yuz berdi? Kim sababchi bo‘ldi?

- Meni yaqin do‘stim. Dmitriy Igorevich Igdisamov! Biz u bilan yoshlik paytimizda “Sergeli”da birga o‘ynardik. U 2001 yilda Rossiyaning Qozon shahriga ko‘chib ketdi. O‘sha erda faoliyat olib bordi va “Rubin” akademiyasida ish boshladi. Yaxshi natijalar ko‘rsatdi. Uni 6 yil oldin TsSKAga chaqirishdi. Shu vaqt mobaynida ushbu jamoada ham ijobiy natijalar ko‘rsata oldi, chempionlikka erishdi va 6-7 nafar futbolchini chiqardi. Bular - Kislyak, Glebov, Bandikyan, Redno, Abdulkadirov...Shuning uchun rahbariyat unga meni taklif qilishiga ruxsa berdi va shu tariqa, TsSKA yoshlar jamoasida ish boshladim.

- TsSKA yoshlar jamoasida ishlash siz uchun yangi tajriba. Eng avvalo, sizga yoqqan narsa nima bo‘ldi?

- Yoqqani - birinchi navbatda sharoitlar. Hamma narsa bor. Nimadir aytsangiz darhol qilib berishadi. Maydon va trenajyor zallari ajoyib. Tibbiyot bo‘yicha ham barcha narsalari bor. Tiklanish, ovqatlanish, vitaminizatsiya - barchasi muhayyo.

- TsSKA klubidagi ishlash tizimi qanday? Masalan, yoshlar jamoasi oldiga qanday maqsad qo‘yilgan?

- TsSKA Rossiyada katta klub. Maqsad - har doim chempion bo‘lish. Bu jamoaning qonida bor. Rahbariyat oldimizga iqtidorli o‘yinchilarni asosiy tarkibga etishtirib chiqarishni doim vazifa qilib qo‘yadi. Asosiy tarkibga 1-2 ta futbolchi chiqarilsa bu albatta vazifa yaxshi bajarilganini bildiradi.

- Asosiy jamoa bosh murabbiyi sizlar bilan ham gaplashib turadimi?

- Albatta, gaplashib turamiz. Biz FIFA kunlari bo‘lganda, chempionatdagi tanaffusdan foydalanib asosiy jamoa bilan ikkita o‘yin o‘tkazdik.

- TsSKA bilan qancha muddatga shartnoma imzoladingiz va keyingi rejalaringiz qanday?

- Bir yilga. Shartnomam iyun oyigacha. Agar hammasi yaxshi bo‘lsa, yana bir yilga uzaytiramiz.

- TsSKA yoshlar jamoasiga biror-bir o‘zbekistonlik futbolchilarni ham taklif qilish rejangiz bormi?

- TsSKAda ko‘p selektsionerlar bor. O‘zbekistondagi iqtidorlarga ham qarashadi. Abbos Fayzullaev o‘ynagani uchun bizda yaxshi o‘yinchilar ko‘pligini bilishadi. Mendan so‘rashsa ham aytaman va doim chaqirishga harakat qilamiz.

- Bu borada kimdir ro‘yxatingizda bormi?

- Hozircha yo‘q. Faqat kuzatyapman. Chunki klubda 2008 yilda tug‘ilgan futbolchilar asosiy tarkibga tortyapti. Demak, undan ham pastrog‘iga qarasha kerak - 2009, 2010...

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!