"Real" Kamavinga bilan shartnomani uzaytiradi

  • 8 aprel, 2023, 03:08
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachi Eduardu Kamavinga klub bilan shartnomani uzaytiradi, deya xabar tarqatdi Fabritsio Romano. Mavsum so‘nggida futbolchiga yangi bitim taqdim etiladi. Unga ko‘ra, frantsuzning maoshi oshiriladi va tovon puli ham ko‘tariladi. 

Tecno

Kamavinganing amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. U yozda Madridni tark etishi haqda mish-mishlar chiqqan edi. Ammo ayni damga kelib hammasi yaxshilandi va Anchelotti 20 yoshli futbolchiga asosiy tarkibdan joy topdi. 

Yarim himoyachiga bir qator top klublardan qiziqishlar mavjud. "Arsenal" va "Manchester Yunayted" kabi jamoalar uni tarkibiga qo‘shib olishni istaydi. Shu sababli, "Real" Kamavinga bilan shartnomani tezroq uzaytirishga qaror qilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!