"Real" hujumchisi Braziliyaning eng kuchli futbolchisi kim ekanligini aytdi

  • 16 noyabr, 2022, 02:33
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" hujumchisi Rodrigo PSJ hujumchisi Neymar Braziliyaning eng yaxshi futbolchisi ekanligini aytdi.

Tecno

"Braziliya terma jamoasi Neymar atrofida o‘yin qurishi kerakmi? Albatta, chunki u bizning tarkibdagi eng yaxshi futbolchi. Neymar maydonda ajoyib harakatlar qilishi, ko‘proq gol urishi uchun hamma narsani qilishimiz kerak. Agar u kerakli darajada o‘ynasa, jamoaga ko‘p foyda keltiradi va bu bizning foydamizga ishlaydi", - deydi Rodrigo.

Shuningdek, hujumchi Argentina terma jamoasini juda kuchli raqib ekanligini ham takidladi. Rodrigoning fikricha, Amerika kubogini qo‘lga kiritish orqali ular qanchalik xavfli jamoa ekanliklarini ko‘rsatishdi.

JCh-2022 20 noyabr kuni boshlanadi. Braziliya terma jamoasi Serbiya, Shveytsariya va Kamerun bilan bir guruhdan joy oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!