“Real” Gvardioladan futbolchi so‘rayapti

  • 27 aprel, 2021, 18:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati “Manchester Siti”ning o‘ng qanot himoyachisi Pedro Porroni Madridga olib kelishga qaror qildi.

Tecno

Ayni paytda 21 yoshli ispaniyalik futbolchi ijara asosida “Sporting”da to‘p tepmoqda.  Ijara shartnomasida portugaliyaliklar Pedroni 2022 yilning yozigacha o‘z tarkibida olib qolishi ko‘rsatilgan.

“Qirollik klubi” Porroni anchadan beri kuzatib kelmoqda va bu futbolchi yaqin kelajakda Dani Karvaxal o‘rnini bosa olishiga ishonmoqda. Shuning uchun ham madridliklar yozda “Manchester Siti” rahbariyati bilan Porroning transferini to‘liq sotib olish masalasida muzokara qilmoqchi.

Pedro Porro Portugaliya chempionatida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol urdi va uchta golli pas oshirdi.

“Sporting” chempionat yakunlanishiga besh tur qolgan bir pallada, 73 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda va eng yaqin ta’qibchisi “Portu”dan olti ochkoga o‘zib ketgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!