
“Real” futboldan ketgan “Barsa” yulduzi bo‘yicha bayonot berdi
“Real” matbuot xizmati professional faoliyatini yakunlagan “Barselona”ning sobiq futbolchisi Andres Inesta bo‘yicha klub rahbariyatining munosabatini e’lon qildi.
- Andres Inestaning professional futboldan ketgani haqidagi bayonotidan keyin Madridning “Real” klubi, uning prezidenti va direktorlar kengashi ispan va jahon futbolining buyuk afsonalaridan biriga o‘z ehtiromi va e’tirofini izhor qiladi.
Andres Inesta butun faoliyati davomida o‘z futboli va qadriyatlari, ko‘psonli sovrinlari bilan jahon sportini boyitdi. Uning 2010 yili Janubiy Afrika Respublikasi mezbonlik qilgan jahon chempionati finalida urgan ajoyib goli har bir ispan muxlisining qalbidan joy olgan.
Madridning “Real” klubi unga va oilasiga hayotning yangi bosqichda ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi, - deyiladi “Qirollik klubi” bayonotida.
Fikrlar