
“Real” futbolchisiga narx belgiladi
Madridning “Real” klubi yarim himoyachi Dani Sebalosning narxi borasida bir qarorga keldi, deb xabar berdi “Diario AS” nashri.
Manbaga ko‘ra, "Qirollik klubi" 25 yoshli futbolchi uchun 12-15 million evro atrofida talab qilmoqda. Agar potentsial xaridorlar shu summani to‘lamoqchi bo‘lsa, madridliklar muzokara olib boradi. Ayni paytda Sebalosga "Betis" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Agar klub futbolchining transferi borasida munosib taklif olmasa, u holda Dani Madridda qoladi.
“Transfermarkt” porali yarim himoyachining narxini 14 million evroga baholamoqda.
Ispaniyalik futbolchi o‘tgan mavsumda "Real"ning barcha musobaqalar doirasidagi 18 o‘yinida maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. Sebalosning “qaymoqranglilar” bilan shartnomasi 2023 yilning iyunigacha amal qiladi.
Fikrlar