"Real" etakchisi terma jamoani tark etishga majbur

  • 23 mart, 2021, 21:07
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" futbolchisi Toni Kroos Germaniya milliy terma jamoasining mart oyidagi yig‘iniga chaqirilgan edi.

Tecno

Biroq Germaniyaga etib borgan futbolchi yana Ispaniyaga qaytishga majbur bo‘ladi. Boisi, u mushaklaridagi jarohatini qaytalab olgan va endi "nemis mashinasi"ning Ruminiya hamda Shimoliy Makedoniya jamoalariga qarshi o‘yinlarida maydonga tusha olmaydi. Buni Germaniya MTJ ustozi Yoaxim Lyov ham tasdiqladi:

"Tibbiy xodimlarimiz Tonining jarohatini o‘rganib chiqdi. U biz bilan qolishni xohladi, ammo men uni uzoqroq muddatga yo‘qotishni istamayman. Yozda bo‘lib o‘tadigan Evropa chempionatini hisobga olgan holda, Kroosni ushbu jarohatidan to‘liq xalos etishni ustuvor vazifa, deb bildik".

Ma’lumot uchun, 31 yoshli futbolchi Germaniya terma jamoasi safida 101 ta o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!