“Real” Chempionlar ligasidan chiqib ketishi mumkin

  • 28 noyabr, 2024, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi umumiy  bosqichining beshinchi turida “Real” safarda “Liverpul”dan 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

Ayni paytda musobaqaning amaldagi g‘olibi bo‘lgan madridliklar olti ochko bilan 24-o‘rinda bormoqda.

Yangi formatda o‘tkazilayotgan musobaqada, qoidaga ko‘ra, sakkizinchi turdan keyin jadvalda 25-o‘rin va undan quyida joylashgan jamoalar bosh sovrin uchun kurashni to‘xtatadi. Shu bois, ayni paytda “Real”ning ahvoliga havas qilib bo‘lmaydi.

Oldinda “Atalanta”, “Red Bull Zaltsburg” va “Brest”ga bo‘ladigan uch uchrashuv “Qirollik klubi”ga muhim hisoblanadi, Karlo Anchelotti shogirdlari bu o‘yinlarda pley-off yo‘llanmasi uchun kurashish imkoniyatini saqlab qolishga harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!