
"Real" birinchi navbatda qaysi futbolchilar bilan shartnomani uzaytirishi ma’lum
Madridning "Real" klubi rahbariyati jamoa kelajagi uchun muhim hisoblangan bir nechta futbolchi bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.
Marca nashrining yozishicha, “qirollik klubi” bu borada hujumkor yarim himoyachi Vinisius Junior va himoyachilar Ferlan Mendi hamda Eder Militao bilan kelishuvni uzaytirmoqchi. Aynan mana shu futbolchilar shartnomani uzaytirish lozim bo‘lganlar orasida birinchi navbatda hisoblanadi.
Karlo Anchelotti boshqaruvidagi “Real” ayni damda La Liga musobaqa jadvalida 27 ochko bilan “Real Sosedad”dan (28) so‘ng 2-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar