
"Real" Beylni ijaraga bermoqchi
Madridning "Real" klubi vingeri Garet Beyl yangi mavsumni boshqa jamoada boshlashi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi”ga hozircha 29 yoshli uelslik futbolchining transferi borasida hech qanday taklif bo‘lmagan. Agar hech bir klub uni sotib olishni istamasa, madridliklar uni ijaraga berib yuborishga ham tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Beylning agenti mijozi “Real”dan ketmoqchi emasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, “Real” Beylni 2013 yil “Tottenxem”dan 101 mln evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum 40ta o‘yinda ishtirok etdi va 14ta gol hamda 6ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar