"Real" Benzema borasida xavotirda emas

  • 24 noyabr, 2022, 18:40
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid rahbariyati hujumchi Karim Benzemaning jarohatidan xavotirda emas, deya xabar beradi ispan jurnalisti Xorxe Pikon.

Tecno

JCh-2022 boshlanishidan oldin 34 yoshli frantsiyalik futbolchiga chap sonning mushaklaridan jarohat olgani, shu sabab turnirni o‘tkazib yuborishi ma’lum qilingan edi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, Madrid klubi futbolchining 31 dekabr kuni "Valyadolid"ga qarshi Ispaniya chempionatining restartidan keyingi birinchi o‘yinda ishtirok etishiga ishonchi komil.

Benzema joriy mavsumda "Real" safida barcha turnirlar doirasidagi 12 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol  va 1 golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!