
"Real" 3 yillik noxush an’anasiga chek qo‘ydi
Ispaniya La Ligasi 7-turi doirasida "Real" klubi safarda "Barselona"ga qarshi bahs olib bordi va 3:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, madridliklar 2017 yil 13 avgustidan buyon ilk bor "Kamp Nou"da zafar quchdi.
Bundan 3 yil oldin, Ispaniya Superkubogi doirasida "Qirollik klubi" Kataloniyada 3:1 hisobida muvaffaqiyat qozongan edi. Shundan so‘ng, "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tgan 3 ta bellashuvning birida "Barselona" g‘alaba qozongan va ikki marta durang natija qayd etilgan edi.
Fikrlar