
"Real" - "Liverpul" uchrashuvini kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi
"Real" Madrid - "Liverpul" uchrashuviga hakam tayinlandi.
15 mart kuni Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob o‘yini doirasida "Real" va "Liverpul" bahs olib boradi. Mazkur o‘yinni kim boshqarishini UEFA rasmiy sayti ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, uchrashuvda germaniyalik hakamlar brigadasi ishlaydi. Asosiy hakam sifatida Feliks Tsvayer harakt qilsa, Marko Frits va Kristian Dingert (VAR) monitorlarda javob beradi.
Eslatib o‘tamiz, birinchi o‘yinda "qirollik klubi" safarda "Liverpul"ni 5:2 hisobida mag‘lub etgan edi. Endi Yurgen Klopp jamoasi Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadioni maydonida mo‘’jiza yaratishga harakat qiladi.
Fikrlar