"RB Leyptsig" 21 yoshli angliyalik futbolchini 18 mln evroga sotib oldi

  • 25 iyul, 2019, 16:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyaning "RB Leyptsig" klubi o‘zining rasmiy saytida "Everton" yarim himoyachisi Ademola Lukmanni sotib olganini ma’lum qildi.

Tecno

Unga ko‘ra 21 yoshli angliyalik futbolchisining transferi nemis klubiga 18 mln evroga tushgan. Futbolchi esa yangi jamoasi bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolagan. Endi Lukman “RB Leyptsig”da 17-raqamda to‘p suradi.

Ma’lumot uchun, Lukman “Everton” safida 2017 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida jami 48ta o‘yinda maydonga tushdi va 4ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Eslatib o‘tish lozimki, Lukman uchun “RB Leyptsig” begona emas. Boisi, u 2017/18 yilgi mavsumning ikkinchi yarmini aynan ushbu jamoada ijarada o‘tkazgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!