Rays "Liverpul" "short-list"idan joy oldi

  • 12 aprel, 2023, 18:30
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vest Xem" futbolchisi Deklan Rays mavsum so‘nggida jamoasini tark etib, katta klubga o‘tishni istaydi. Unga APLdan bir qancha takliflar bor. Shuningdek, yarim himoyachi "Liverpul" short-listidan joy oldi, deya xabar bermoqda "Sky Sports" nashri. 

Tecno

Mersisaydliklar Bellingemni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi edi, lekin "Borussiya" ingliz uchun 130 million evro talab qildi. Shu sababli, "Liverpul" mazkur transferni amalga oshirmaydigan bo‘ldi. Klub boshqa variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Jamoa Raysdan tashqari, Kaysedo, Makkalister va Barella kabi futbolchilarni kuzatib bormoqda.

23 yoshi "Vest Xem" yarim himoyachisi uchun ham kam so‘ramasligi aniq. Klub Deklanni taxminan 100 million evroga qo‘yib yuborishi mumkin. Unga "Manchester Yunayted" va "Arsenal" ham qiziqmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!