"Rayo Valekano" bosh murabbiyi: Hakamlar bo‘yicha fikrim bor, ammo u o‘zimda qoladi

  • 18 fevral, 10:43
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Inigo Peres "Barselona"ga qarshi o‘yindan so‘ng hakamlikka izoh berishni istamadi. 

Kataloniya klubi La Liga 24-turi doirasida "Rayo Valekano"ni 1:0 hisobida taslim etdi. Birinchi bo‘limda arbitr Mario Lopes mehmonlarning golini bekor qildi. 

"Mag‘lub bo‘lish har doim og‘riqli. Mening ilk emotsiyam - mag‘lubiyatning alami. Biroq men futbolchilar va muxlislar bilan faxrlanaman. 

Men hakamlarning ishi qiyin ekanligini bilaman. Mening hakamlar bo‘yicha fikrim bor, ammo u o‘zimda qoladi. Har kim o‘ziga kerak bo‘lgan yoki to‘g‘ri deb bilgan fikrda qoladi", - dedi Inigo Peres.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Болельщик
18/02/2025 12:25
Офсайд бориди, хайрилло хамидов хам реалчи шекилли, офсайдда турган хужумчи Барса химоячисини ушлаб колди