
Raymon Domenek 10 yillik tanaffusdan so‘ng yana murabbiylikka qaytmoqda
Frantsiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Raymon Domenek tez orada "Nant" boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi.
L’Équipe nashri tarqatgan xabarga qaraganda, “Nant” 68 yoshli frantsiyalik mutaxassis bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzolaydi. Ammo Domenek yangi jamoasiga o‘zining murabbiylar shtabini yig‘maydi, u ayni damda jamoada ishlayotgan murabbiylar shtabi bilan faoliyat olib boradi.
Domenekning so‘nggi ish joyi Frantsiya terma jamoasi bo‘lgan. U 2004-2010 yillarda mamlakat bosh jamoasini boshqargan.
“Nant” 17 turdan so‘ng Liga 1 musobaqa jadvalida 16-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar