Raul "Real" Madridning quyi diviziondagi jamoasini boshqaradi

  • 29 may, 2019, 14:22
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” Madridning quyi divizionda ishtirok etuvchi jamoasi – “Kastilya”ga jamoaning sobiq yulduzi Raul Gonsales bosh murabbiy etib tayinlanadi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Tecno

Ta’kidlash kerakki, “Kastilya” joriy mavsumda mavqeyi jihatidan 3-o‘rinda turuvchi Segunda B da ishtirok etdi. Ular mavsumni 4-o‘rinda yakunlashdi va asosiy Segundaga qaytish uchun pley-offda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.

“Real” rahbariyatining bundan ko‘zlagan maqsadi xuddi Zinedin Zidan va Santyago Solarida bo‘lganidek Raulni ham kelajakda asosiy jamoa boshqaruviga tayyorlash hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!