
Raul "Real Madrid Kastilya" bosh murabbiyi bo‘ldi
“Real” Madrid afsonasi Raul Gonsales “qirollik klubi”ning zaxira jamoasini boshqaradigan bo‘ldi.
Aniqrog‘i, 41 yoshli mutaxassisga B Segundada ishtirok etuvchi "Real Madrid Kastilya" klubi ishonib topshirildi. Ushbu jamoa o‘tgan mavsumni 4-o‘rinda yakunlagan edi.
Ma’lumot uchun, “Raul” 1994-2010 yillarda “Real” sharafini himoya qilgan. U bungacha madridliklarning yoshlar jamoasini boshqarib kelayotgan edi.
Fikrlar