
Rasmiy xabar! "Panserraykos" Jaloliddin Masharipov bilan xayrlashganini e’lon qildi (foto)
Gretsiyaning "Panserraykos" jamoasi futbolchimiz Jaloliddin Masharipov bilan xayrlashganini ma’lum qildi. Bu haqda klub o‘zining rasmiy sahifasi orqali xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Masharipovning keyingi manzili O‘zbekiston bo‘ladi. Rasmiy xabar Osiyo kubogi yakuniga etgach, e’lon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jaloliddin "Panserraykos"ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgandi. U mazkur klub safida jami 8 ta o‘yinda ishtirok etdi va 2 assist, bitta sariq kartochkani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar