Rasmiy xabar! "Neftchi" yana bir futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 25 yanvar, 14:24
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi Anvar G‘ofurov bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi. 

"Neftchi" sharafini bir necha yildan buyon himoya qilib kelayotgan tajribali himoyachi Anvarjon G‘ofurov o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga rozilik bildirdi va jamoa bilan shartnoma muddatini ikki yilga uzaytirdi.

Ma’lumot uchun, Anvarjon G‘ofurov jamoamiz libosida shu kungacha 107 uchrashuvda maydonga chiqqan va ushbu bellashuvlarning  57 tasi g‘alaba bilan yakunlangan. 

Jamoamiz va ko‘p sonli futbol muxlislari nomidan  Anvarjon G‘ofurovga "Neftchi" sharafini himoya qilishidagi faoliyatida omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!