
Rasman! Umtitiga jamoa topildi
"Barselona"ni erkin agent sifatida tark etgan Samyuel Umtiti faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi.
Himoyachi "Lill" klubi bilan 2025 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. U yangi klubi safida 14-raqam ostida to‘p tepadi.
Eslatib o‘tamiz, Umtiti o‘tgan mavsumni "Lechche" safida ijara asosida o‘tkazgandi.
Fikrlar