Rasman! "Tottenxem" Gollandiya terma jamoasi futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

  • 29 yanvar, 2020, 16:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Tottenxem" o‘zining rasmiy saytida PSV klubi va Gollandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Stiven Bergveyn bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

22 yoshli futbolchi “shporlar” bilan 2025 yilga qadar shartnoma imzolagan. U yangi jamoasida 23-raqamda to‘p suradi.

Norasmiy xabarlarga qaraganda Bergveynning transferi “Tottenxem”ga 35 mln evroga tushgan.

Ma’lumot uchun, Bergveyn joriy mavsum PSV safida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!