
Rasman! Sulsher topilmasi MYu bilan shartnomani uzaytirdi
"Manchester Yunayted" rasmiy matbuot xizmati qanot himoyachisi Brendon Uilyams klub bilan 2024 yilgacha mo‘ljallangan kelishuvga imzo chekkani haqida xabar bermoqda.
Yangi kelishuvga ko‘ra, 19 yoshli futbolchi "qizil iblislar" safida haftasiga 65 ming funt maosh oladi. Bungacha Uilyams haftasiga 4 ming funt maosh olayotgan edi.
Mavsum boshida Sulsher jamoasida debyut qilgan angliyalik futbolchi klub miqyosida barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar