
Rasman! "Spartak" O‘runovning pozitsiyasiga legioner sotib oldi
"Spartak" klubi qishki transfer oynasi ochilganidan foydalanib, o‘z tarkibini kuchaytirmoqda. Moskvaliklar safiga Yorrit Xendriks kelib qo‘shildi.
"Qizil-oqlar" niderlandiyalik yarim himoyachi uchun 700 ming evrodan voz kechdi. 25 yoshli futbolchi Moskva klubiga PSV jamoasi safidan kelib qo‘shildi. Uning pozitsiyasi tayanch yarim himoyachisi bo‘lib, bu pozitsiyada "Spartak" tarkibida Oston O‘runov ham to‘p tepadi.
Yorrit Xendriks PSV tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klub libosida 173 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar