
Rasman: Shomurodov raqobatchisining jamoasi o‘zgardi
"Krilya Sovetov" hujumchisi Aleksandr Sobolev "Spartak" futbolchisiga aylandi.
Ma’lum bo‘lishicha, rossiyalik futbolchi yangi klubida yozdan boshlab har bir mavsum uchun yiliga 1,8-1,8 mln evro maosh oladi va bundan tashqari, jamoaning natijalariga qarab, qo‘shimcha mukofot pullariga ham ega bo‘ladi.
Moskvaliklar 22 yoshli futbolchini sotib olish huquqi evaziga mavsum so‘nggigacha ijaraga olishdi.
Sobolevning transferi "qizil-oqlar" uchun 5 mln evroga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, Sobolev RPLning joriy mavsumida 18 ta bahs o‘tkazib, 10 ta gol urishga erishdi va Eldor Shomurodov bilan to‘purarlar poygasida ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turipti. "Zenit" forvardi Artyom Dzyuba har ikkala futbolchidan bittaga ko‘p gol urib, etakchilik qilmoqda.
Fikrlar