
Rasman! Shomurodov o‘ynayotgan "Spetsiya"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Italiya A Seriyasi vkkili "Spetsiya" yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi.
Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Leonardo Semplichi bilan 2023 yilning iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolandi. U mazkur lavozimda bir necha kun oldin iste’foga chiqarilgan Luka Gottining o‘rnini egallaydi.
Ayni paytda "Spetsiya" 23-turdan keyin 19 ochko bilan turnir jadvalida 17-pog‘onani band etib turibdi. Klub qishki transfer oynasida legionerimiz bilan shartnoma imzoladi.
Fikrlar