
Rasman! O‘zbekistonlik yana bir futbolchi Xitoy Superligasi klubi bilan shartnoma imzoladi (FOTO)
O‘tgan mavsumni Janubiy Koreyaning “Pusan Ay Park” klubida o‘tkazgan hamyurtimiz Dostonbek Tursunov yangi mavsumni yangi chempionatda boshlaydigan bo‘ldi.
25 yoshli himoyachi Xitoyning “Chunsin Lifan” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
“Chunsin Lifan” Superliganing “A” guruhida kurash olib boradi. Ushbu jamoa chempionatning ilk turini 20 aprel kuni o‘z maydonida “Shandon Luneng” klubiga qarshi o‘tkazadi.
Bundan avvalroq o‘zbekistonlik yana bir futbolchi – Odil Ahmedov Xitoy Superligasining “A” guruhida ishtirok etuvchi “Tsanchjou Mayti Layons” klubiga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar