
Rasman! “Nyukasl” birinchi transferini e’lon qildi
“Nyukasl Yunayted” saudiyalik investorlar qo‘liga o‘tganidan keyin ilk transferini amalga oshirdi.
“Atletiko” himoyachisi Kiran Tripper “qarg‘alar”ga premer-ligadagi joyini saqlab qolishda yordam berishga rozi bo‘ldi. 31 yoshli futbolchi nyukaslliklar bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi.
Avvalroq, bu o‘yinchi uchun “Nyuksl” madridliklarga 15 million evro va qo‘shimcha bonuslar to‘lashi haqida ma’lumot tarqatilgan edi. Tripper “Atletiko”ga qadar Angliyada “Manchester Siti”, “Barnsli”, “Byornli” va “Tottenxem” to‘p tepgan, keyingi paytda premer-ligaga qaytish istagida yurgandi.
Tripperni “Atletiko” 2019 yilda “Tottenxem”dan 22 million evroga sotib olgan edi.
Fikrlar