
Rasman! "Milan" Sandro Tonalini sotib oldi
"Milan" o‘zining rasmiy sayti orqali "Breshiya" yarim himoyachisi Sandro Tonalini sotib olganini e’lon qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 21 yoshli italiyalik futbolchi “rossonerilar” bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolagan.
Bundan avvalroq “Milan” Tonali uchun "Breshiya"ga yarim himoyachi Jakomo Oltsera va unga qo‘shimcha 12 mln evro to‘lashi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Tonali o‘tgan mavsumni "Milan" safida ijara asosida o‘tkazdi. U o‘tgan davr mobaynida jami 37 ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar