Rasman! Messining sobiq ustozi yana u bilan birga ishlaydi

  • 29 iyun, 2023, 13:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Devid Bekxemga tegishli bo‘lgan AQShning "Inter Mayami" klubi argentinalik mutaxassis Xerardo Martinoni bosh murabbiy etib tayinlanganini rasman e’lon qildi.

Tecno

60 yoshli murabbiyning klubga kelishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar oy boshida paydo bo‘lgandi va endi bu rasman tasdiqlandi. Avvalroq, Martino qo‘l ostida "Barselona"da (2013 yildan 2014 yilgacha) va Argentina terma jamoasida (2014-2016) o‘ynagan hujumchi Lionel Messi "Inter Mayami" bilan shartnoma imzolagan edi.

Xerardo Martinoning so‘nggi ish joyi Meksika terma jamoasi bo‘lib, uni 2019 yilning yanvaridan 2022 yilning noyabrigacha boshqargan. Argentinalik mutaxassis shuningdek, Paragvay terma jamoasi va Amerikaning “Atlanta Yunayted” klubidagi faoliyati bilan ham tanilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!