Rasman! Mata "Manchester Yunayted"da qoladi

  • 7 iyun, 2019, 22:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik yarim himoyachi Xuan Mata tez orada "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qizil iblislar” 31 yoshli futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishgan. Ta’kidlash kerakki, uning amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni o‘z nihoyasiga etadi.

Ma’lumot uchun, Mata MYu safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida mankuanliklar safida jami 161ta o‘yinda maydonga tushdi va 33ta golga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!