
Rasman! Mario Manjukich Xorvatiya terma jamoasi murabbiyiga aylandi (FOTO)
Yaqin o‘tmishning mashhur hujumchilaridan biri Mario Manjukich Xorvatiya terma jamoasining murabbiylar shtabida ish boshladi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 35 yoshli Manjukich terma jamoa ustozi Zlatko Dalichning asosiy yordamchilaridan biri bo‘ladi. Aytish kerakki. Xorvatiya terma jamoasi JCh-2022 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Mario Manjukich futbolchilik faoliyati davomida "Marsoniya", "Zagreb", "Dinamo" Zagreb, "Volffsburg", "Bavariya", "Atletiko", "Yuventus", "Al-Duxail" va "Milan" klublaridan o‘ynagan. U Xorvatiya terma jamoasi safida jami 89 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 33 ta gol urgan.
Fikrlar