
Rasman! "Manchester Siti" futbolchisi A Seriya klubiga o‘tdi (FOTO)
"Manchester Siti" yarim himoyachi Ivan Ilichni "Verona"ga ijaraga berib yubordi. Bu haqda klub rasmiy tvitteri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 19 yoshli futbolchining ijara shartnomasida A Seriya klubi uni keyinchalik sotib olish huquqi ham keltirilgan.
Ilich 2017 yildan buyon “Manchester Siti” a’zosi hisoblanadi. U o‘tgan davr mobaynida "Tsrvena Zvezda", "Zemuna" va "NAK Bred" klublariga ijaraga berib yuborilgan.
Fikrlar