
Rasman! "Manchester Siti" braziliyalik futbolchisini Kataloniya klubiga ijaraga berdi
"Manchester Siti" himoyachisi Ian Kouto mavsumni "Jirona" safida o‘tkazadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Kataloniya klubi 18 yoshli braziliyalik futbolchini keyinchalik sotib olish huquqisiz mavsum oxirigacha ijaraga oldi.
“Shaharliklar” Koutoni joriy yilning yozida Braziliyaning “Koritiba” klubidan 6 mln evroga sotib olgan edi.
Fikrlar