
Rasman! "Liverpul" Vataru Endo transferini e’lon qildi (video)
"Liverpul" klubi yaponiyalik Vataru Endo transferini e’lon qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti orqali xabar berdi.
Futbolchi uchun mersisaydliklar 18 million evro to‘laydi. U yangi jamoasida 3-raqam ostida to‘p tepadi. Bu raqam oldin Fabinoga tegishli edi. Braziliyalik yarim himoyachi hozir faoliyatini Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" klubida davom ettirmoqda.
Fikrlar